“Barsa” yana bir supertransferga qo‘l uryapti

  • 5 avgust, 07:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” imkon qadar tarkibini yuqori malakali ijrochilar bilan kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Bir necha manbalarning yozishicha, kataloniyaliklar bu gal frantsiyalik hujumchi Kristofer Nkunkuni nishonga oldi.

PSJ tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 27 yoshli futbolchi ikki yil muqaddam “Leyptsig”dan “Chelsi”ga olib kelingan edi. Biroq shu paytgacha u Angliya fuboliga moslasha olmadi. “Aristokratlar”ga 60 million evroga tushgan bu transfer o‘zini oqlamadi.

Endi “Barselona” hujumchi atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, Nkunkuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Kataloniya klubi Nkunkuni Fermin Lopesning o‘rniga olib keladi. O‘z navbatida, Lopes Angliyaga yo‘l olishi kutilyapti. Chunki bu futbolchiga “Manchester Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiola jiddiy qiziqish bildiryapti va transferni amalga oshirishga urinyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!