“Barsa” yozda ikki superhujumchiga ega bo‘ladi

  • 21 may, 2021, 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida ikki superhujumchi – Serxio Aguero va Memfis Depay bilan shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Argentinalik hujumchi “Manchester Siti”dan, niderlandiyalik to‘purar “Lion”dan erkin agent maqomida ketmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar har ikki futbolchi bilan 2023 yilning yarmigacha davom etadigan bitim tuzishni rejalashtirgan.

Memfis Depay “Lion” tarkibida 2017 yildan beri to‘p tepyapti. Joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 36 ta bahsda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli pas oshirdi.

Aguero esa 2011 yili “Manchester Siti” tarkibiga qo‘shilganidan keyin klub tarixida eng yaxshi to‘purarga aylandi. Biroq, so‘nggi paytda ko‘p jarohat olayotgani bois, asosiy tarkibga kira olmayapti. Joriy mavsumda u 11 ta o‘yinda ikkita gol urdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!