
“Barsa” yulduzi 100 million evrolik transferni barbod qildi
“Barselona” yozgi transferlar davrida bir necha xaridlarni amalga oshirganiga qaramay, baribir moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi.
Kataloniyaliklar moliyaviy vaziyat tufayli ayrim o‘yinchilarini sotib yuborishga majbur. Yozda “Barselona”ga zo‘r taklif tushgan edi.
Saudiya Arabistoni chempioni “Al-Hilol” kataloniyaliklarning braziliyalik legioneri Rafinya Dias uchun 100 million evro badal puli va’da qildi. Bu taklif “Barsa” rahbariyatiga ma’qul keldi.
Chunki Rafinyani ikki yil muqaddam 55 million evroga xarid qilgan klub, bir necha marotaba uni sotib yuborishga uringandi.
Bu galgi savdoni Rafinyaning o‘zi buzdi. Hujumkor futbolchi yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostida o‘ynash uchun Kataloniyadan ketishdan bosh tortdi. Oqibatda klub 100 million evrodan quruq qoldi.
Fikrlar