“Barsa” yulduzi Ronalduni tanladi

  • 5 sentabr, 2020, 09:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”dan ketish arafasida turgan Luis Suares faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Urugvaylik to‘purar “Yuventus” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Suaresni Turin klubini tanlashiga zamonaviy futbolning eng yorqin yulduzlaridan biri Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p surish imkoniyati sabab bo‘ldi.

Luis Suares “Barselona”ga 2014 yili “Liverpul”dan 82 million evro evaziga olib kelingan. Uning jamoa bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Klub rahbariyati futbolchining maoshi yuqoriligini inobatga olib, uni bepul qo‘yib yuborishga qaror qilgan. Futbolchining o‘zi esa, shartnoma klub tomonidan bekor qilinayotgani bois, ma’lum miqdorda kompensatsiya undirishga harakat qilyapti.

Bunaqa imkoniyat boshqa bo‘lmaydi!

Ronaldu endi futbol o‘ynay olmasligi mumkin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!