“Barsa” "Yuve"dan bunaqa echimni kutmagandi

  • 29 may, 2020, 20:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” braziliyalik pleymeykerni Angliya klublariga o‘tkazolmay qiynalayotgan bir paytda “Yuventus”ning taklifi ularga juda ma’qul kelmoqda.

Tecno

Aslida kataloniyaliklar o‘zlariga kerakli bo‘lgan Miralem Pyanichni olish uchun turinliklar bilan futbolchi almashtirmoqchi edi. “Yuventus” bu usulga rozi bo‘lib, bosniyalik futbolchi o‘rniga Arturni so‘radi. Lekin Artur “Barselona”dan boshqa klubda o‘ynamasligini qat’iy e’lon qilganidan so‘ng bu transfer to‘xtab qolgan edi.

Mana endi “Yuventus” kutilmaganda Artur Turinga kelmasa, Koutinoni olishga roziligini bildirdi. “Barsa” bu taklifni qabul qilib, bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi. Birinchidan o‘zi istagan Pyanichga ega bo‘ladi, ikkinchidan hech qaysi jamoaga o‘tkaza olmayotgan Koutino degan bosh og‘rig‘idan qutiladi.

Muzokaralar davom etmoqda.

Koutinoni kim oladi? U Angliyada talash bo‘lyapti

“Yuventus”dan "Lion"ga maxsus taklif

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!