
“Barsa” zo‘rg‘a olgan yulduzidan darrov voz kechyapti
“Barselona” rahbariyati katta harakat va xarajatlar evaziga Braziliyadan Vitor Rokeni transfer qilgan edi.
19 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum yarmida Kataloniyaga kelib, jamoaga qo‘shildi, lekin o‘yinlari muxlisu mutaxassislar zo‘r taassurot qoldirgani yo‘q.
Etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan yosh yulduz klubdan ketishga qaror qildi. Kataloniyaliklar uni boshqa klublarga ijaraga berib, mahoratini oshirganidan keyin klubga qaytarib olmoqchi bo‘ldi. Biroq Roke ijara variantlaridan bosh tortdi va ketsa, to‘liq boshqa klubga o‘tishini ta’kidlayapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik iqtidor egasiga ikkita yaxshi variant chiqqan. Portugaliyaning “Sporting” va Angliyaning “Everton” klublari transfer ma’lumotlarini to‘play boshladi.
Taniqli insayder Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, “Everton” Roke uchun 28 million evro taklif qilishga ham ulgurdi.
“Barselona” 40 million evroga tushgan futbolchini arzonroq – 30-35 million evroga qo‘yib yuborishga tayyorligi aytilmoqda.
Fikrlar