“Barsa”da so‘ngan yulduz yangi jamoa tanlashi kerak

  • 30 iyun, 2021, 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bir necha yildan beri qutila olmayotgan Filippe Koutino yozda o‘ziga yangi jamoa tanlashi kerak.

Kataloniya superklubi “Liverpul”ga qo‘shimcha bonuslar to‘lamaslik uchun braziliyalik yulduzni boshqa o‘ynatmoqchi emas. Biroq, qimmatbaho yulduzni o‘z safiga qo‘shib oladigan jamoa haligacha topilgani yo‘q.

Shu bois, klub xo‘jayinlari uni ijaraga berib yuborishga rozi. Chunki, maydonga tushmayotgan futbolchiga katta maosh to‘lash iqtisodiy muammolarga o‘ralashib qolgan klubga og‘irlik qilmoqda.   

Hozircha, Koutinoni ijaraga olishga “Arsenal”, “Lester” va “Everton” qiziqish bildirgan. Futbolchining o‘zi bu jamoalardan birini tanlash barobarida, maoshining kamaytirilishiga ham rozi bo‘lishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!