
“Barsa”da tozalash davom etadi. Kuman rahbarlarga ro‘yxatni berdi
Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan beri asosiy tarkibning bir necha yulduzlarini ham jamoadan ketkazdi. Bosh murabbiy tozalash ishlari davom etishini ma’lum qildi.
- Yanvar o‘zgarishlar oyi. Men klub rahbariyatiga jamoadan ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini berdim, - dedi Ronald Kuman.
Shuningdek, niderlandiyalik mutaxassis jamoaning kuchaytirilishi shart bo‘lgan pozitsiyalarini aniqlab, bu joylarga qaysi futbolchilarni olish lozimligi bo‘yicha taklifini ham kiritgan. Ayni paytda, “Barselona”da tarkibni yoshartirish jarayoni ketmoqda.
Fikrlar