“Barsa”da yangi mojaro. Koutino va Grizmann urishdi
Kuman boshchiligidagi mashg‘ulotlardan birida Filippe Koutino jamoadoshi Antuan Grizmann bilan urishib qoldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, janjalga Antuan Grizmanning ilgari Koutinoga tegishli bo‘lgan 7-raqamni olishga qaror qilgani sabab bo‘lgan. Bunga javoban braziliyalik pleymeyker frantsiyalik hujumchiga 7-raqamga munosib emasligini aytib, unga o‘zining Chempionlar ligasidagi medalini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.
Janjal vaqtida futbolchilarni jamoa sardori Messi va Lengle ajratib qoldi.
Bundan bir muddat avval, Antuan Grizmann Messining klubda qolishi va jamoaga Koutinoning qaytishi tufayli jamoani tark etishi mumkinligi aytilgan edi.



Fikrlar