“Barsa”da yangi yulduz paydo bo‘ladi. U Yamal bilan o‘ynamoqchi
Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” xo‘jayini Joan Laporta bosh murabbiy Zans-Diter Flikni yangi transferlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqchi.
El Nacional nashrining yozishicha, Laporta o‘z jamoasida mashg‘ur hujumchi Rafael Leauni ko‘rmoqchi. “Milan”ning portugaliyalik to‘purari ham anchadan beri taqdirini kataloniyaliklar bilan bog‘lashga rozi ekanini ta’kidlab keladi.
Leau o‘z agentlariga bu transferni amalga oshirish topshirig‘i berdi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi “Barselona”da Lamin Yamal bilan elkama-elka o‘ynashni orzu qilayotgan ekan.
Bu reja amalga oshishi uchun “Barselona” yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki transfer bo‘yicha ekspertlar “Milan” o‘z etakchisini 70 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar