“Barsa”ga Messi ham, Grizmann ham kerak emas!

  • 17 may, 2021, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida bosh sovringa da’vogarlik qila olmagan “Barselona” aksariyat futbolchilardan qutilib, ularning o‘rniga yangi ijrochilarni olishga qaror qildi.

Tecno

Klub rahbarlarining rejasiga ko‘ra, birinchilardan bo‘lib Antuan Grizmann sotib yuboriladi. Frantsiyalik jahon chempionining transferidan keladigan mablag‘ “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni taklif qilishga sarflanadi.

Joriy mavsumda Grizmann barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 12 ta assistni amalga oshirdi. Uning bu natijasi bosh murabbiy Ronald Kumanni qoniqtirgani yo‘q.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklarning yozgi transferlar mavsumidagi asosiy nishoni Erling Xoland hisoblanadi. Agar norvegiyalik to‘purar Kataloniyaga keladigan bo‘lsa, “Barsa” xo‘jayinlari Lionel Messidan ham voz kechishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!