
“Barsa”ga o‘tmoqchi bo‘layotgan yulduz “Liverpul”ga bosim qilyapti
“Liverpul” Angliya chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin kelasi mavsum xalqaro maydonda nufuzli sovrinlarga ega chiqish uchun harakat qiladigan bo‘lyapti.
Arne Slot chempion jamoa tarkibini saqlab qolishga urinyapti. Biroq jamoa etakchilaridan Luis Dias taqdirini “Barselona” bilan bog‘lamoqchi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, kolumbiyalik futbolchi 2027 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni bloklab qo‘ydi.
Luis Dias “Liverpul” klubi rahbariyatiga maqsadi Kataloniyaga ketish ekanini ochiq aytdi.
Angliya chempionlari Diasni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Biroq buning uchun xaridor klub 28 yoshli o‘yinchi uchun mersisaydliklarga 85 million evrodan boshlangan takliflarni berishi talab etilmoqda.
Fikrlar