"Barsa"ga qaytgan Dani Alves muxlislarga murojaat qildi

  • 13.11.2021 12:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ga qaytgan afsonaviy himoyachi Dani Alves Kataloniya klubi muxlislariga murojaat qildi:

"Men buni amalga oshirish uchun 5 yil davomida kurashdim. Qaytish bunchalik qiyin bo‘lishini va bu qadar uzoq davom etishini bilmasdim. Biroq shu kun kelishini qalbim bilan sezardim. 

Men hech qachon tark etmagan joyimga qaytyapman. Bu orzum qancha davom etishini bilmayman, lekin yo‘lim "Barsa" bilan abadiy.   

O‘zim uchun maftunkor bo‘lgan joyda ko‘rishguncha. Klubni yana eng yaxshisiga aylantirish uchun yordam berish ishtiyoqi baland. Men uyga qaytdim", - dedi 38 yoshli braziliyalik. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!