
“Barsa”ga qimmatli maslahat
“Barselona”dan ijara asosida “Beshiktosh”ga o‘tgan Miralem Pyanich Ronald Kuman qo‘l ostida kataloniyalik futbolchilar duch kelayotgan muammolar haqida gapirdi.
- “Barselona” qiyin davrni boshdan o‘tkazyapti. Natijalar muxlislar kutganidek bo‘lmayotgani futbolchilarga ortiqcha bosim yuklayapti. Bu jamoani oyoqqa turg‘azish uchun kuchli etakchi kerak. “Barselona” avvalgi holatiga qaytishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.
“Barsa” har doim jahonning eng kuchli 4-5 klubidan biri bo‘lgan. Ular albatta o‘z mavqeiga qaytadi, - dedi Miralem Pyanich.
Bosniyalik pleymeyker “Barselona”dan ketganidan keyin bosh murabbiy Ronald Kuman o‘ziga nisbatan hurmatsizlik qilganini ta’kidlagan edi. Ayni paytda niderlandiyalik murabbiyning kursisi ancha qimirlab qolgan.
Fikrlar