
"Barsa"ga ular kerak emas! Flik 5 ta futbolchining ketishini xohlayapti
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoani 5 nafar futbolchi tark etishini xohlayapti.
"SPORT" nashrining ma’lum qilishicha, Flik keyingi mavsum uchun rejalariga Oriol Romeu, Mark-Andre ter-Shtegen, Kristensen, Pau Viktor va Inyaki Penyani kiritmayapti. Murabbiy yuqoridagi sanab o‘tilgan futbolchilarni jamoani tark etishini istayapti.
Flik rahbariyatga murojaat qilib, ushbu ro‘yxatdagilarni klubdan tezroq ketishlarni so‘radi. Avvalroq, jamoani asosiy futbolchilardan Ansu Fati va Pablo Torre tark etgan edi. Fati ijara asosida "Monako"ga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, Pablo 5 million evro evaziga "Malorka" futbolchisiga aylandi.
Fikrlar