
“Barsa”ning orzusi armonga aylandi
“Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu moliyaviy inqiroz tufayli klub orzu qilgan hujumchilar – Neymar va Lautaro Martinesni jamoaga taklif qila olmasligini tan oldi.
- Biz “Inter” bilan Lautaro bo‘yicha bir necha hafta muzokara o‘tkazdik va oxiri kelishuvni to‘xtatishga qaror qildik. Biz katta transferni to‘lay olmaymiz. Neymar masalasida ham xuddi shunday. O‘tgan yili uni qaytarishga harakat qilgandik. Bu yil PSJdan uni so‘ramadik ham.
“Barselona” uch oy ichida 200 million zarar ko‘rdi. Aslida biz kelasi mavsumni qo‘shib hisoblaganda 1,1 milliarl evro ishlab topishimiz kerak edi. Endi buning imkoni yo‘q. Bir yil emas, kamida uch-to‘rt yil davomida grand klublar katta transferlar qila olmaydi. Asosiy e’tibor, futbolchi almashishga qaratiladi, - dedi Bartomeu.
Fikrlar