
"Barsa"ning qariya futbolchisi klubdan ko‘proq maosh so‘ramoqda
"Barselona" futbolchi Dani Alves bilan yana 1 yilga shartnomani uzaytirmoqchi. Klub bu borada futbolchiga allaqachon taklif yuborgan.
"Sport" nashrining xabar berishicha, braziliyalik himoyachi klubdan maoshi oshirilishini so‘ragan. U klubda qolishni istaydi.
Biroq shu bilan birga, Alves bu erda ko‘proq pul topishni ham maqsad qilgan. Ayni payt u "Barselona"da faoliyatini yakunlashni xohlayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Dani Alves joriy mavsum La Liganing 4 o‘yinida 1 gol va 2 assist qayd etgan.
Fikrlar