"Barselona" 18 yoshli himoyagachiga qiziqish bildirmoqda

  • 28.12.2025 22:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem"ning 18 yoshli markaziy himoyachisi, "Gamburg"da ijara asosida to‘p surayotgan Luka Vushkovich "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" Vushkovichni kuzatib bormoqda, ammo qishki transfer amalga oshishi dargumon. Agar bitim amalga oshsa, bu 2026 yilning yozida sodir bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Vushkovichning o‘yinlariga nafaqat "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Futbolchini Germaniya, Angliya va Italiya klublari ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Vushkovich barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Himoyachining "Tottenxem" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!