
"Barselona" 280 millionlik katta kelishuvga erishdi
"Barselona" yangi titul homiy bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra "Spotify" endi klub libosida ko‘rinish beradi.
"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun tomonlar rasman shartnoma imzolaydi. Ammo "Spotify" yozuvi kelasi mavsumdan e’tiboran "ko‘k-anorranglilar" libosiga joylashtiriladi. 3 yillik bitim uchun kataloniyaliklar 280 million evro ishlab oladi.
Bungacha "Barselona" Yaponiyaning "Rakuten" kompaniyasi bilan hamkorlik qilardi. "Spotify" shuningdek, "Kamp Nou" nomiga egalik qilish huquqini ham qo‘lga kiritadi.
Avvalroq, "Barsa" musiqa kompaniyasidan yiliga 57 million evro atrofidagi mablag‘ni ishlab topishi xabar qilingandi.
Fikrlar