"Barselona" afsonasi klubning "po‘stagini qoqdi"

  • 11.07.2022 23:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" afsonasi Dani Alvesh erkin agentga aylandi. Kataloniyaliklar u bilan shartnomani uzaytirmadi. 

Braziliyalik futbolchi bu haqda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Ketganimdan xafa emasman. "Ko‘k-anorranglilar" safiga yana qaytganimdan xursandman, buni 5 yil orzu qilgandim. Menga yoqmagan yagona narsa bu - qay holatda ketganim.

Men endi 20 yashar yigit emasligimni bilaman. Barchasini yashirmasdan, ochiqchasiga hal qilmoqchi ekanimni ularga ma’lum qilgandim. Ammo klub so‘nggi yillarda o‘ta noto‘g‘ri ishlar qilmoqda. "Barselona" tarixini yozgan insonlar ular endi qiziqtirmaydi. Jamoa muxlisi sifatida men boshqacha yo‘l tutishni istardim. Men faqat o‘zim haqimda gapirmayapman.

Qaytish imkoniyatini taqdim etgani uchun Xavi va klub prezidentidan cheksiz minnatdorman",-dedi 39 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Dani 2008-2016 hamda 2021-2022 yillar oralig‘ida "blaugranas" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!