"Barselona" "Arsenal"ning 21 yoshli futbolchisi evaziga Koutinoni bermoqchi
"Barselona" va "Arsenal" bilan o‘zaro futbolchi almashtirmoqchi.
Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “ko‘k-anor ranglilar” vingeri Filippe Koutino Londonga yo‘l oladi, “kanonirlar” xavbeki Matteo Genduzi esa “Kamp Nou”ga.
Eslatib o‘tamiz, Genduzi iyun oyi o‘rtalaridan buyon maydonga tushmayapti. Boisi, u “Brayton”ga qarshi o‘yinda raqib futbolchilarini haqorat qilgan va ularning olayotgan maoshi ustidan kulgan.
Matteo joriy mavsum “Arsenal” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Mavsumni “Bavariya”da ijarada o‘tkazgan Koutino esa 34 ta o‘yinda 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar