
"Barselona" ayollar jamoasi an’anani davom ettirdi
Ayollar o‘rtasida Ispaniya Superkubogi doirasida "Barselona" - "Real Madrid" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda "ko‘k-anorranglilar" 5:0 hisobida zafar quchdi.
Kataloniyaliklar safida Payor dubl qilgan bo‘lsa, Xansen, Gixarro hamda Putelyas bir marotabadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Barselona" ayollar jamoasi Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi.
Fikrlar