"Barselona" Belerin uchun kurashga qo‘shildi

  • 09.09.2020 19:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" shu yoz "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerinni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.

“Kanonirlar” ham 25 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib yuborishga tayyor va uni 25 mln evroga baholamoqda. Ektorga “Barselona”dan tashqari “Bavariya” va PSJ klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Belerin asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Arsenal” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “kanonirlar” safida jami 205 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 25 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!