"Barselona" "Borussiya" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 5 aprel, 2023, 15:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Bundeslidan futbolchi sotib olmoqchi.

Tecno

Dortmundning "Borussiya" klubida Bundesligada to‘p tepayotgan belgiyalik himoyachi Toma Mene faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

 Avvalroq "ko‘k-anorranglilar" 31 yoshli futbolchiga sotib olishga urinib ko‘rgan edi, biroq kelishuv amalga oshmagandi. Uning "asalarilar" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Mene joriy mavsumda Bundesligada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. "Transfermarkt" portali Tomani 6,5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!