
"Barselona" bosh murabbiyi Flik jamoaning jismoniy holatidan norozi
"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik La Liganing 8-turida "Sevilya"dan 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan o‘yindan so‘ng klubning fitnes bo‘yicha murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazishga qaror qildi.
"Sport.es" nashriga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasidan xavotirda ekanligini bildirgan. Flikning fikricha, jamoa mavsumning hozirgi bosqichida kerakli intensivlikda o‘yin namoyish eta olmayapti. U ayniqsa yarim himoyachi Pedrining o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada suslashganini ta’kidlagan. Shuningdek, umumiy mashg‘ulot yuklamalari rejalashtirilgan darajadan past bo‘lib, bu o‘yinchilarning charchoqlari ortganini va tezlikni saqlab qolishni qiyinlashtirayotganini ko‘rsatmoqda.
Murabbiy jamoaning mart oyiga borib eng yuqori sport formasiga kirishini kutmoqda. Biroq manbada ta’kidlanishicha, bu maqsadga erishish uchun mashg‘ulotlarni sezilarli darajada kuchaytirish zarur bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" 19 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar