“Barselona” bu marrani birinchi zabt etdi
Evropa Chempionlar ligasida Kievda “Dinamo”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan “Barselona” gollaridan birini penaltidan urdi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Martin Breytueytning 11 metrlik belgidan kiritgan to‘pi “Barselona”ning Chempionlar ligasida penaltidan urilgan 50-goli sifatida qayd etildi. Hali “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirida hech qaysi jamoa bu marrani zabt eta olmagan.
Ispaniyaning yana bir grandi – “Real” futbolchilari ikkinchi ko‘rsatkichga ega. Madridliklar Chempionlar ligasida jami 48 marotaba penaltidan darvozalarni ishg‘ol qilgan.

Fikrlar