
Jazo muqarrar. Mashhur futbolchi sudga tortilyapti
Angliya terma jamoasi va “Aston Villa”ning iste’dodli futbolchisi Jek Grilish bu yil to‘rt marotaba yo‘l qoidalarini qo‘pol tarzda buzgani uchun sud qilinadigan bo‘ldi.
Uest-Midlens politsiyasi bergan ma’lumotga qaraganda, futbolchi uch bora qoidalarni qo‘pol tarzda buzgan, 29 mart kuni esa o‘zining Range Rover rusumli mashinasida avariya sodir etib, Mercedes va Citroen avtomobillariga jiddiy shikast etkazgan. Shunga qaramay, Grilish voqea joyidan qochib ketgan.
Endi o‘z qilmishlari uchun Birmingem sudi oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar