"Barselona" bu mavsum EChLda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 20 oktabr, 2021, 23:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqich 3-tur "E" guruhidan o‘rin olgan "Barselona" - "Dinamo" Kiev o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda "ko‘k-anorranglilar" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvning 36-daqiqasida Pike hisobni ochdi va bu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. 

Shunday qilib, Kataloniya klubi o‘z guruhida 3 ochko bilan uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Bir ochkoga ega kievliklar ayni damda so‘nggi 4-o‘rinda bormoqda. 



Shuningdek, mazkur bellashuv bilan parallel tarzda "Zaltsburg" - "Volfsburg" o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 





Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!