"Barselona" Bundesligadan himoyachi olib kelmoqchi
"Barselona" o‘ng qanot himoyasini mustahkamlamoqchi.
Kataloniya grandining nigohi Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Toma Myonega qaratilgan. "Todofichajes" nashrining so‘zlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" belgiyalik 31 yoshli futbolchini taxminan 15 million evroga sotib olishga tayyor.
Qayd etilishicha, "Barselona" Xuan Foyt yoki Diogo Dalotni sotib olish variantini ham ilgari surgan, ammo bu himoyachilar qimmat va kataloniyaliklar hozircha ularni sotib olishga qurbi etmaydi.
Myone 2020 yilning yozida PSJdan "Borussiya"ga ko‘chib o‘tgan edi. 2022/2023 yilgi mavsumda, belgiyalik himoyachi 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qildi.

Fikrlar