"Barselona" darvozaboni jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi
"Barselona" X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida darvozabon Joan Garsiyaning jarohat olgani haqida bayonot berdi.
"Joan Garsiya chap tizzasining ichki meniskidan jarohat oldi. Ertaga unga artroskopik operatsiya qilinadi, uni doktor Joan Karles Monlau bajaradi. Dinamikadan kelib chiqib, taxminan 4-6 haftada o‘tkazib yuborishi kutilmoqda", - deyiladi "ko‘k-anorranglilar" bayonotida.
Avvalroq, ispaniyalik posbon "Barselona"ning 26 sentyabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotida jarohat olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar