“Barselona” darvozabonini tekinga berib yubordi
“Barselona” darvozaboni Xordi Masip faoliyatini Ispaniya ikkinchi divizionida to‘p suradigan “Valyadolid” jamoasida davom ettiradi. 28 yoshli darvozabon kataloniyaliklar safini erkin agent maqomida tark etdi va yangi jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Masip “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Biroq golkiper asosan yoshlar jamoasi safida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, u “ko‘k-anorranglilar” safida bor yo‘g‘i 4 o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar