
"Barselona" De Yongni ham sotishi mumkin
"Barselona" yozgi transferlar oynasida yarim himoyachi Frenki de Yongni sotishni ham istisno qilmayapti. O‘tgan yilgi mojarodan keyin futbolchi rahbariyat bilan munosabatlari yaxshilanganiga qaramay, uning sotilishi moliyaviy muammolarni hal qilish va yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda katta rol o‘ynashi mumkin.
Jurnalist Ashraf bin Ayadning so‘zlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati Frenkining ketishi haqiqatan ham klubga yordam berishi mumkin deb hisoblamoqda. Biroq, futbolchining o‘zi hamon jamoadan ketishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, de Yongga "Ayaks"dagi sobiq murabbiyi Erik ten Xag ishlayotgan "Manchester Yunayted" va "Bavariya" kabi klublar qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar