
"Barselona" Dembelega o‘rinbosar topdi
"Barselona" allaqachon qanot hujumchisi Usmon Dembele o‘rniga futbolchi topish ustida ishlamoqda.
Frantsiyalik futbolchi tez orada futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 50 million evrolik tovon pulini faollashtirgan PSJga o‘tishi mumkin. Agar Dembelening transferi amalga oshsa, "Barselona" "Manchester Siti"dan Bernardu Silvani qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi, deya xabar bermoqda "Relevo". Aynan 28 yoshli portugaliyalik murabbiy Xavi Ernandes uchun o‘ng qanot hujumdagi ideal variant hisoblanadi.
"Transfermarkt" ekspertlari Bernardu Silvaning narxini 80 million evroga baholamoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi "Barselona"ga o‘tmoqchi, ammo "Manchester Siti" uni sotmoqchi emas.
Fikrlar