"Barselona" Dembeleni yo‘qotishi mumkin
"Barselona" klubi futbolchisi Usmon Dembele joriy mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Goal" nashri xabar bermoqda.
Frantsiyalik yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar" bilan mehnat shartnomasini uzaytirish istagi borligiga qaramay, kelishuv moliyaviy sabablar tufayli barbod bo‘lishi mumkin.
Agar kataloniyaliklar bu muammoni hal qila olmasa, Londonning "Chelsi"si Usmon bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi.
Dembelening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
25 yoshli vinger joriy mavsumda La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar