"Barselona" deyarli vayron bo‘lgan!"

  • 14 sentabr, 2021, 18:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya"ning faxriy prezidenti Uli Xyoness "Barselona"ga qarshi muhim bellashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Barselona" deyarli vayron bo‘lgan. Agar bu Germaniyada sodir bo‘lganida, klub allaqachon bankrot bo‘lardi. Ularning ishi bilan sud shug‘ullanardi. "Barselona" biz uchun namuna emas.

Masalan, Alaba menga shunday degan edi: "Men hali ham "Barsa"da o‘ynashni orzu qilaman". Keyin men unga:"Kim bilan shartnoma imzolashni istaysan, prezident yoki bankrot bo‘layotgan jamoa bilan?",-dedim.

Ma’lumot uchun, "Barselona" hamda "Bavariya" Evropa Chempionlar ligasi "E" guruhidan joy olgan va 1-turda o‘zaro to‘qnash keladi. Tomonlarning so‘nggi bellashuvida myunxenliklar 8:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!