
"Barselona" Dias uchun 60 milliondan ortiq to‘lashni istamayapti – "Bavariya" favoritga aylandi
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Liverpul" vingeri Luis Dias uchun ortiqcha xarajat qilishni rejalashtirmayapti. Jurnalist Fernando Poloning ma’lum qilishicha, klub uning transferi uchun 60 million evrodan ko‘proq to‘lash niyatida emas.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi uchun kurashda asosiy favorit "Bavariya" bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar hali ham uni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega, ammo raqobatchilarning takliflarini ortda qoldirish uchun urinishmaydi.
"Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati transfer bozorida Diasga nisbatan arzonroq variantlarni ko‘zdan kechira boshlagan. Ayni paytda Luisning o‘zi ham "Bavariya"ga o‘tishga moyil ekani aytilmoqda, biroq myunxenliklar hali ham "Liverpul" bilan kelishuvga erishishi kerak.
Fikrlar