"Barselona" etakchilari maoshining kamayishiga rozi
Jurnalistlar Fernando Polo va Gabriel Sansning yozishicha, "Barselona" klubi tez orada bir nechta etakchi futbolchilarining oylik maoshini kamaytiradi.
Manbaga ko‘ra, gap Pike, Buskets, Serxi Roberto, va Jordi Alba haqida ketmoqda. O‘z navbatida ushbu futbolchilar ham maoshlarining kamayishiga qarshi emas.
Qayd etilishicha, Pike allaqachon maoshni yanada qisqartirishga rozi bo‘lgan, Alba, Buskets va Roberto ham shu yo‘ldan borish niyatida.
"Barselona" maosh masalasidagi muzokaralarni faol olib bormoqda va bu boradagi ishlarni 13 avgustgacha yakunlamoqchi.



Fikrlar