
"Barselona" etakchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi. Uning jarohati jiddiy
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets La Liganing 35-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng, tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, shifokorlar 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga yuqori jag‘ sinishi tashxisini qo‘ygan. Hozircha, uning qachon safga qaytishi ma’lum emas.
Buskets kechagi bellashuvda "Atletiko" futbolchisi Stefan Savich bilan bo‘lgan havodagi to‘qnashuvda jarohat olgan edi.
Serxio Buskets joriy mavsum "Barselona" safida jami 47 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 4 ta goliga assistentlik qildi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar