“Barselona” futbolchisi 4 marta “Real” taklifini rad etgan. U kim edi?

  • 9 iyun, 2022, 10:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Ferran Torres "Real"dan bir necha bor taklif olganini aytdi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi Kataloniya klubiga 2022 yilning 1 yanvarida “Manchester Siti”dan kelib qo‘shilgan edi.

- Menga "Real"dan bir necha bor taklif tushgan edi. Ammo oila-a’zolarim kuchli klubda o‘ynashim uchun hali vaqtim bor ekanligini aytishdi. So‘nggi taklif Rossiyadagi jahon chempionati paytida bo‘lgan. O‘shanda endigina "Valensiya" tarkibida o‘z o‘rnimni topib borayotgandim. Qolgan uchta taklif esa yoshligimda kelgan. Bu yoshda uyga yaqinroq bo‘lish muhimdir. Shu sababli kareramni oilam yonida davom ettirishim kerak, deb qaror qildim, - deya fikr bildirdi Torres.

Yarim himoyachining “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!