"Barselona" futbolchisi ijara asosida boshqa klubga ketyapti

  • 30 yanvar, 2023, 00:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettiradi. 

Tecno

"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi mavsum so‘nggiga qadar ijara asosida "Sporting"ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibid. U "Tottenxem"ga yo‘l olayotgan Pedro Porro o‘rnini egallaydi. 

Lissabon klubi avvaliga "Brayton"dan Tariq Lemptini olmoqchi edi, biroq APL klubi 22 yoshli futbolchini ijaraga berishni xohlamadi. 

Belerin "Barsa" tarkibida joriy mavsum La Ligada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!