
“Barselona” futbolchisi “Las-Palmas”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike jamoasining Ispaniya La ligasi 26-turidan o‘rin olgan “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Uning 27-turda “Atletiko”ga qarshi uchrashuvdagi ishtiroki ham noma’lum bo‘lib turibdi. Ispan matbuotida yozishlaricha, Pike “Espanol”ga qarshi bahsda tizzasida og‘riq sezgan. Xabarda aytilishicha, Pike jarohat olmagan. Ammo u har bir bahsda maydonga tusha olmasligi ayon bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Las-Palmas” – “Barselona” o‘yini 1 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar