
“Barselona” futbolchisi rahbar oldidan yig‘lab chiqdi
“Barselona”dan ketishi talab qilingan frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtiti klub rahbari Joan Laporta bilan uchrashuv tashkil qilinishini so‘ragan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu uchrashuvda tajribali himoyachi va Joan Laportadan tashqari klub vitse-prezidenti Rafa Yuste va direktor Mateu Alemani ham ishtirok etgan.
Uchrashuvda Umtiti Kataloniyada qolish istagini bildirib, yuqori darajadagi raqobatga dosh berishga qodirligini, 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin uning o‘yinidagi pasayishda jarohatiga to‘g‘ri davo usulini tanlay olmagan tibbiyot bo‘limi aybdor ekanini ta’kidlagan.
Laporta futbolchi klub rahbariyati tomonidan etarlicha qo‘llab-quvvatlanmaganini aytganidan keyin Umtiti ko‘ziga yosh oldi. Kelishuvga ko‘ra, Laporta bosh murabbiy Ronald Kuman bilan himoyachiga imkon berish masalasini gaplashib ko‘rishga va’da bergan.
Fikrlar