
“Barselona” futbolchisi “Real”dan xursand bo‘ldi
“Barselona”dagi o‘yinlari bilan mutaxassislar va muxlislar e’tiboriga tushgan 17 yoshli Pedri “Real”ga vaqtida o‘zini olmagani uchun minnatdorlik bildirdi.
- Menga asosan ota-onam va akam maslahat beradi. Bu oyoqqa turib olishda muhim. Kataloniya klubida ko‘proq Trinkau bilan yaqinmiz. Chunki klubga bir vaqtda kelganmiz. Fati bilan ham munosabatimiz yaxshi.
Bir paytlar Madridda bir hafta ko‘rikda bo‘lganman. “Real”dagilar mening saviyam etarli emasligini aytishgan. Meni ofisga taklif qilib, o‘z qarashlarini tushuntirishdi. Ulardan minnatdorman. Chunki shundan so‘ng o‘zim orzu qilgan jamoa o‘yinchisiga aylandim, - dedi Pedri.
Pedri joriy mavsumda La Ligada ettita o‘yin o‘tkazib, dastlabki tarixiy golini ham kiritdi.
Fikrlar