
"Barselona" futbolchisi terma jamoa safida jarohat oldi
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Urugvay terma jamoasi safida jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
22 yoshli futbolchi JCh-2022 saralash bosqichida Argentinaga qarshi o‘yinda (0:3) jarohat olgan. Unga sonning orqa qismi shikastlangani tashhisi qo‘yildi.
Endi Arauxo tez orada Kataloniya qarorgohiga qaytadi va u erda qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Arauxo o‘tgan mavsumda ham jarohatlari tufayli “Barselona” safida 15dan ortiq o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar