"Barselona" futbolchisi uchun kurashga "Tottenxem" ham qo‘shildi
"Barselona" yarim himoyachisi Ilaysh Moriba faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, Moriba xizmatiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. London klubi 18 yoshli Ilayshning agentlari bilan aloqaga chiqqan. Avvalroq, futbolchiga "Chelsi", "Manchester Siti" va "Leyptsig" klublari da’vogarlik qilayotgani borasida ma’lumotlar tarqalgandi.
"Barselona" futbolchi bilan yangi bitim imzolashga tayyor. Kataloniyaliklar unga yiliga ikki million evro to‘lamoqchi, Moriba yana bir million evro qo‘shishni talab qilib, shartnomani imzolashdan bosh tortmoqda.
2020/21 yilgi mavsumda Moriba 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan hamda 3 ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar