«Barselona» himoyachisini «Borussiya»ga sotishi mumkin

  • 25.08.2026 13:17
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning mashhur klubi «Barselona» tarkibida to‘p surib kelayotgan flang himoyachisi Ektor Fort yaqin vaqtlar ichida Germaniya Bundesligasining yetakchi jamoalaridan biriga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida nemis nashri Bild xabar bermoqda.

 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Dortmundning «Borussiya» jamoasi 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. O‘tgan dam olish kunlari «shmellar» vakillari Barselonaga tashrif buyurib, Fortning ehtimoliy transferi yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan. Kataloniya klubi yosh lateral uchun o‘n million evrodan ortiq miqdorda mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumda Ektor Fort «Elche» klubi safida ijarа asosida o‘ynagan. U 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va yana ikki marta hamjamoalarining gol urishiga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!