"Barselona" qishda Bundesligadan hujumchi olib kelishi mumkin edi. Biroq...

  • 24 mart, 2020, 23:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" joriy qishki transferlar davrida "Borussiya M" forvardi Alassan Pleani sotib olishga urunib ko‘rgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anor ranglilar" 27 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 50 mln evro taklif qilishgan. Biroq, myunxengladbaxliklar uni qo‘yib yuborishni istashmagan va shu bois "Barsa"ning bu taklifiga rad javobini berishgan.

Ma’lumot uchun, Plea "Borussiya M" safiga 2018 yil "Nitstsa"dan 23 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!