"Barselona" hujumchisiga o‘zi yoqtirmagan joydan taklif tushdi

  • 16.12.2022 09:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Memfis Depay bu klubda o‘z o‘rnini topib keta olmayapti. Uning shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Moliyaviy nuqtayi nazardan, Kataloniya klubi qishda niderlandiyalik futbolchini sotib, mavjud mablag‘ni boshqa transferlarga yo‘naltirmoqchi. Hozircha Turkiyaning "Galatasaray" klubi Depayni sotib olishga tayyorligini bildirgan. Turkiya klubi hujumchini o‘z safida ko‘rishni juda ham istaydi.

Biroq Memfisni Turkiya chempionatiga o‘tish varianti qiziqtirmayapti. Shu o‘rinda 28 yoshli futbolchiga hozircha boshqa taklif ham yo‘q. 2022/2023 yilgi mavsumda u "ko‘k-anorranglilar" safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

U harakat qilgan Niderlandiya JChni chorak final bosqichidanoq yakunlashga majbur bo‘ldi. "Apelsinlar" ushbu bosqichda Argentina to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!