"Barselona" jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino kecha La Liganing 16-turidan o‘rin olgan "Eybara"ga (1:1) qarshi bahsni yakunlay olmadi. Braziliyalik futbolchi maydonni oqsoqlangan holda tark etdi.
Koutino 66-daqiqada Miralem Pyanich o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda tizzasini qayirib oldi. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekani va qachon safga qaytishi tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
28 yoshli Koutino joriy mavsum “Barselona” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar