“Barselona” kechagi bahsda penalti tepishi kerakligi isbotlandi!!

  • 19 yanvar, 15:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 20-turidan o‘rin bahsda “Barselona” “Xetafe” bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuv yakunlangan so‘ng “Archivo VAR” sayti bir vaziyatni tahlil qilib, kataloniyaliklar foydasiga penalti berilishini kerakligini keltirib o‘tdi. 

Gap shundaki, to‘qnashuvning bir vaziyatida “ko‘k-anorranglilar” burchak zarbasidan to‘pni o‘yinga kiritib berdi. To‘p esa barcha o‘yinchilardan o‘tib, Kunde tomon kelayotgan edi. Biroq, “Xetafe” futbolchisi Uche frantsiyalik himoyachini qo‘llari bilan ushlab qolgan. Bu esa Jyulni muvozanatdan chiqishiga va to‘pga etib kela olmasligini ta’minlagan. Mazkur voqeadan so‘ng “Archivo” sayti, bellashuvning bosh hakami hisoblangan Pablo Gonsales Fuertes VARni ko‘rishi va 11 metrlik jarima zarbasi berishi kerak edi, deb hisoblamoqda. 


 
Xabaringiz bor, kechagi bahsning 10-daqiqasida Kunde Pedrining chiroyli pasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqada urugvaylik himoyachi Arambarri hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Flik boshchiligidagi "Barselona" navbatdagi uchrashuvini 21 yanvar kuni Chempionlar ligasi doirasida “Benfika”ga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!